Eron Islom Respublikasining Toshkentdagi elchisining O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari bilan AQSh va sionistik rejimning Eronga qarshi
.
Eron Islom Respublikasining Toshkentdagi elchisining O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari bilan AQSh va sionistik rejimning Eronga qarshi joriy etgan urushining turli jihatlari va o‘t ochishni to‘xtatish masalasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani
O'zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari bilan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Muhammad Ali Eskandariy janoblari shunday dedi: Sionistik rejim va AQShning Eronga qarshi joriy etgan urushi bu ikki rejimning Eronni taslim qilish uchun qilgan so'nggi harakatlari edi. U qoʻshimcha qildi: Eron xalqiga qarshi olib borilgan bu qoʻrqoqlarcha, noqonuniy va jinoiy urushda dushmanning inkor etib boʻlmaydigan, tarixiy va shafqatsiz magʻlubiyati inqilob oliy rahnamosining chora-tadbirlari, xalqning voqea joyida epik va jasorat bilan ishtirok etishi, harbiy va huquq-tartibot kuchlarining salohiyati, shuningdek ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash natijasida AQSh va sionistik rejimni mag’lub bo’lishiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi.
U davom etdi: "Avval Amerika oʻz maqsadlariga qisqa fursatda erisha olaman deb yolgʻon umid bilan oʻylagan edi, biroq Eronning bir necha kunlik qarshiliklaridan soʻng, oxir-oqibat, muzokaralarni boshlash uchun qarshi tomon bizning 10 ta shartimizni qabul qildi. Bu vaqt ichida Eron va qarshilik fronti Amerika va sionistik rejimga jiddiy zarbalar berdi; bu haqiqatni oʻzlari ham tan olishdi. Ularning deyarli barcha samarali qurollari yoʻq qilindi va ularning buyuk Eron xalqi irodasi qarshisida taslim bo’lishdan boshqa yo’llari qolmadi."
U davom etdi: "Istalgan maqsadlarimizga erishib, boshqa tomon bizning shartlarni qabul qilgach sulhni qabul qildik. Biroq, biz qarshi tomonga ishonmaymiz va faqat o'z imkoniyatlarimizga tayanamiz. Muzokaralarning davom etishi ham maqsadlarimiz to'liq amalga oshishiga bog'liq bo'ladi".
Eskandari urushning davom etishini asosiy sababi Benyamin Netanyaxuning urush qoʻzgʻatuvchi va shaxsiy siyosati deb izohlagan: “Netanyaxuga qarshi ichki norozilik va sud jarayoni oʻtkazilishini inobatga olib, u mintaqada, jumladan, Livanda keskinlikni davom ettirib, ichki bosimlardan xalos boʻlishga harakat qilmoqda; boshqacha qilib aytganda, mojarolar davom etishini hohlayabdi”.
Eron elchisi pirovardida tanlov Amerikada ekanligini ta'kidladi; yo harakatlarni to'xtatish va Netanyaxu siyosatini jilovlash yoki urush yo'lida davom etish. Biz urushdan qo‘rqmaymiz, lekin o‘z oldimizga aniq maqsadlarni belgilab oldik va ularni amalga oshirish sari harakat qilamiz.
U oʻz soʻzini shunday yakunladi: “Bu yoʻlda biz birinchi marta jahon jamoatchiligi tomonidan kengroq qoʻllab-quvvatlanayotganiga guvoh boʻlayapmiz, chunki koʻplab mamlakatlar va davlatlar AQSh va sionistik rejim siyosatidan charchagan”.
Eskandariy nutqidan so‘ng OAV vakillari urushning turli jihatlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kerakli javoblar berildi.