20 September 2024
2024/01/31 - 12:32 View: 195

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun bir tomonlama turistik vizalarni bekor qilish toʻgʻrisida xabarnoma

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun bir tomonlama turistik vizalarni bekor qilish toʻgʻrisida xabarnoma

Barcha Oʻzbekiston fuqarolariga maʼlum qilamizki, 2024-yilning 4-fevralidan boshlab Oʻzbekiston fuqarolari uchun turistik vizalar quyidagi shartlar bilan bekor qilindi:

1) Oʻzbekiston pasporti egalari Eron Islom Respublikasiga har olti oyda bir marta vizasiz kirib, 15 kun qolishlari mumkin. Bu muddat uzaytirilishi mumkin emas.

2) Vizalarni bekor qilish faqat turistik maqsadlarda bo’lib, boshqa vizalar turlarini o'z ichiga olmaydi.

3) 15 kundan ortiq qolishni niyat qilgan yoki birinchi olti oygacha bir necha marotaba kirish uchun ariza topshirgan shaxslar va boshqa turdagi vizalar, shu jumladan tijorat, kirish, ta'lim, korporativ, haydovchilar, qarindoshlar va boshqalar avvalgi qoidaga amal qilishlari kerak. Viza arizasini elektron viza tizimida (evisa.mfa.ir) saytida roʻyxatdan oʻtkazib, tekshirish kodini olgandan soʻng vizani olish uchun zarur boʻlgan asl hujjatlar bilan elchixonaga murojaat qilishlari kerak.

متن دیدگاه
نظرات کاربران
تاکنون نظری ثبت نشده است